Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rafiqasini farzandining axlatini yeyishga majbur qilgan erga hukm o‘qildi

Rafiqasini farzandining axlatini yeyishga majbur qilgan erga hukm o‘qildi

Hozirgi davrning global muammolaridan biri bu — giyohvandlikdir. Shu bois butun dunyoda, xususan, yurtimizda unga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Biroq bugun ayrim kimsalar giyohvandlikning boshqacha yo‘lini o‘ylab topishgan: «Lirika», «Tramadol» kabi dori vositalarini iste’mol qilishadi. Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, o‘zini tiya olmaydigan, o‘tkir sezgilarni o‘zida sinab ko‘rishga qiziquvchan, ruhan zaif va o‘ta xudbin kishilar beriluvchan bo‘ladi. Navbatdagi voqeamiz qahramoni ham yuqorida nomlari keltirilgan dorilar ta’sirida inson eshitsa, eti seskanadigan razil jinoyatga qo‘l urganini bilmay qoldi...

Muttasil xo‘rlab kelgan

Rahim Ibrohimov (ismi-shariflar o‘zgartirilgan) 2009 yildan 2020 yilga qadar birga yashab kelgan turmush o‘rtog‘i Dinora Ibrohimovani turli xil bahonalar bilan kaltaklab, badaniga sanchqi tiqib, azoblab kelgan. Uni muttasil ravishda xo‘rlagan. Rahim Ibrohimov insoniylikka xos bo‘lmagan hatti-harakatlarini davom ettirib, xotini Dinora Ibrohimovani urish bilan bir qatorda Voyaga yetmagan farzandi Iroda Ibrohimovaning axlatini yeyishga majbur qilgan.

“Nega tuvakni tozalamading?”

Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan Rahim Ibrohimov aybini tan olmay, quyidagicha ko‘rsatma berdi:

— Men turmush o‘rtog‘im Dinora Ibrohimovani muttasil ravishda xo‘rlamaganman, faqat shu kungacha hammada bo‘lganidek, bizda ham turli nizolar, oilaviy janjallar bo‘lib kelgan. Aksariyat hollarda bir-ikki shapaloq urganman, xolos. U bilan tortishib qolganimda IIBga ariza bilan murojaat qilgandi. Shunda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 52-moddasi bilan Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi tomonidan aybli, deb topilgandim. Voqea yuz bergan kuni ko‘chadan kelib, uyga kirsam, tuvakda kenja qizimning axlati qolib ketgan ekan. Bundan jahlim chiqib, Dinoraga “Nega tuvakni tozalamading?” dedim. “Har doim o‘zingiz to‘kib, tozalab qo‘yardingiz-ku”, deganidan jahlim chiqib, o‘sha yerda turgan taxta bilan bir necha marotaba urdim. Buni qizim Manzura videotasvirga olgan. Biroq xotinimni majburlab, “axlatni,e” deganim yo‘q.

“Farzandlarim tufayli xurmacha qiliqlariga chidab keldim...”

Sud majlisida jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilingan Dinora Ibrohimova quyidagilarni gapirib berdi:

— Turmush o‘rtog‘im Rahim Ibrohimov shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilganidan keyin tamoman boshqa - tirnoq ostidan kir qidirib, janjal izlaydigan odamga aylandi. O‘rtada ikki nafar farzandim borligi tufayli uning xurmacha qiliqlariga chidab keldim. U meni “Agar ajrashadigan bo‘lsang yuzingga kislota sepib yuboraman”, “Odamim bor, lyuboy ishni qiladigan, seni o‘ldirvoraman” deb qo‘rqitardi. U hatto qizim Manzuraga ham qo‘l ko‘taradigan bo‘ldi. Erim “Tramadol” kabi bir qator dori vositalarni iste’mol qilar, ushbu dorilarning ta’sirida quturib, janjal ko‘tarardi. O‘sha kuniyam ko‘chadan ko‘zlari qizarib kirib keldi, yo‘q joydan janjal ko‘tardi. Taxta bilan kaltaklab, meni farzandimning tuvakda turgan axlatini yeyishga majburladi. Qo‘rqqanimdan uning buyrug‘ini bajardim, erim Manzuraga bo‘layotgan holatni videotasvirga olishni buyurdi. “Axlat yeyotganingni boshqalarga tarqataman”, deb ustimdan kuldi. Shu orada qizim Manzura xolamga SMS xabar yozib, yordam so‘rabdi. Xolam yetib kelgach, birgalikda IIB ga borib, erimga qonuniy chora ko‘rish haqida ariza yozdim.

“Dori olib kelishga majburlar edi...”

Sud majlisida qonuniy vakil D.Ibrohimova ishtirokida voyaga yetmagan guvoh Manzura Ibrohimova quyidagilarni bayon qildi:

— Otam Rahim Ibrohimov onam Dinora Ibrohimovani arzimagan sabablar bilan ham kaltaklardi. O‘tgan ikki yil mobaynida otam meni uyimiz yaqinida joylashgan dorixonaga yuborib, o‘sha yerda ishlaydigan tanishi Ravshan akadan bir necha turdagi “Lirika” kabi bir necha turdagi dori vositalarini olib kelishga majburladi. Otam dorilarni iste’mol qilganidan keyin onamni turli qiynoqlarga solardi. O‘sha kuni ham otam ko‘chadan ko‘zlari qizarib kirib keldi. Onamni kaltaklab, singlimning tuvakdagi axlatini yeyishga majburladi. Menga “Agar bitta noto‘g‘ri harakat qilsang, seni ham o‘ldiraman, shu yerga ko‘maman, bo‘layotgan voqeani videoga ol”, deb buyurdi. Otamning vajohatidan qo‘rqib, aytganini qildim. Keyin qulay payt poylab, xolamga SMS yozdim.

Jinoyatchiga jazo tayinlandi

Rahim Ibrohimov Jinoyat kodeksining 110-moddasi, 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, shu moddaga asosan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Vladislav Svetkov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi,

Lola Shoimova, jurnalist

Kiritildi: 15:47 03.08.2021. O'qildi: 6137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!