Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rafah operasiyasi boshlanadigan sana kelishildi - Binyamin Netanyaxu

Rafah operasiyasi boshlanadigan sana kelishildi - Binyamin Netanyaxu

Rafahda quruqlikdagi operasiya bo‘lib o‘tadi, uning sanasi kelishib olindi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

“Bu bo‘ladi, sana belgilandi”, - deb yozdi B.Netanyaxu ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rafahga hujum G‘azo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish va XAMASni yengish uchun zarur.

Bir kun avval Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Isroil armiyasi Rafahga hujumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘z bo‘linmalarini Xon Yunusdan olib chiqib ketganini aytdi.

1,5 million falastinlik G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida Isroil armiyasining hujumlaridan qochib, istiqomat qilmoqda.

Kiritildi: 23:35 09.04.2024. O'qildi: 3354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!