Oldinroq suxandon Tolibjon Isroilovning ma’lumotiga tayanib O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova vafot etgani haqida xabar bergandik. Madaniyat vazirligining yozishicha, bu xabarlar asossiz.
"Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning vafot etgani to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqatilmoqda.
Shuni ma’lum qilamizki, ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz", deb yozadi vazirlik.
Biz, albatta, bu xabardan juda-juda xursandmiz. Avvalgi xabar uchun esa aktrisaning oila a’zolari, yaqinlaridan uzr so‘raymiz.
Umringiz uzun bo‘lsin, ustoz!