Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rada harbiy byudjet oshirilishini qo‘llab-quvvatladi

Rada harbiy byudjet oshirilishini qo‘llab-quvvatladi

Ukrainada harbiy ehtiyoj uchun mamlakat yillik byudjeti miqdorini 500 milliard griven (12 milliard dollar – tahririyat) oshirish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilgan.

- Parlament tegishli qonun loyihasini qabul qildi, - deb yozgan noib. - Shu tariqa yillik xarajat mamlakat uchun rekord darajadagi 3,73 trillion griven (qariyb 90 milliard dollar)ga yetadi.

Mart oyida Byudjet qo‘mitasi raisi Roksolana Pidlasa 87 milliard dollarning yarmi mudofaa tizimiga ajratilgani, ichki daromad esa bor-yo‘g‘i 46 milliard dollar ekanini ma’lum qilgandi.

2023 yil noyabr oyi oxirida Vladimir Zelenskiy 43 milliard dollardan ko‘proq kamomad bilan 2024 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!