Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Quyon”ni rasmni chizgan qarzdor ota topildi

“Quyon”ni rasmni chizgan qarzdor ota topildi

Ota-ona farzandi to voyaga yetgunga qadar uning moddiy ta’minotini ta’minlash yelkasidagi burchidir. Biroq, ayrim hollarda bu ma’uliyatni unutgan qo‘shtirnoq ichidagi otalar ham borki, ularga qarata “sadqai odam ket” deging keladi. Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, endigina 37 yoshni qarshi olgan Akmal To‘ychiboyev ham ana shundaylar sirasiga kiradi.

Bo‘lmasa, shirin oilasi bilan ajrashib, shirindan-shakar 3 nafar farzandlarini turmush o‘rtog‘i otasiz o‘stirmas edi. Oilaviy kelishmovchiliklar oxir-oqibat, turmush o‘rtog‘i bilan yuz ko‘rmas bo‘lib ketishga olib keldi. Sudning qarori bilan qarzdor otadan farzandlar moddiy ta’minotini o‘z vaqtida berib turish belgilandi.

Ammo, Byuroning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan mazkur hujjat ijrosini ta’minlash oson kechmadi. Bir necha bor ogohlantirishga qaramay A.To‘ychiboyev aliment berish o‘rniga, qochib, yashirinib yurdi. Xalqimizda “buzoqni yugurgani somonxonagacha” degan naqlni go‘yoki unutgan shekilli qarzdor beribir topa olmaydi deb berkinib yurdi. Kuni kecha Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlarda A.To‘ychiboyev Toshkent shahridan topildi.

Namangan viloyatiga olib kelinib, farzandlar ta’minoti uchun to‘planib qolgan salkam 55 mln so‘m qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan imkon berildi. Lekin, ming afsuski u bundan xulosa qilmadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ana endi A.To‘ychiboyev xulosa qilar.

Kiritildi: 11:04 06.06.2023. O'qildi: 1754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!