Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Quvaytlik jurnalist Aljir go‘zalini tanasining rangi sabab haqorat qildi

Quvaytlik jurnalist Aljir go‘zalini tanasining rangi sabab haqorat qildi

Quvaytlik jurnalist qiz Aljirdagi go‘zallik tanlovi g‘olibasini tanasining rangi qora bo‘lgani uchun haqorat qildi. Ammo, pardozchilar yorqin rangli teri ranglari allaqachon urfdan qolganini aytishmoqda.

Mavritaniya shimolida dunyoga kelgan Hadicha Bir Hamm Miss Aljir unvoniga sazovor bo‘lganidan so‘ng, ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari to‘q rangli teri rangiga ega bu qizning g‘alabasidan norozi bo‘lishdi. Quvaytlik jurnalist qiz Fajr al-Said esa qizga ochiqchasiga Sen madaniy yoki xalqaro tanlovda qatnashmayapsan, sen go‘zallik tanlovida ishtirk etyapsan, tushuna olmadim, qanday qlib ular seni g‘olib deb topishdi? deya murojaat qilgan.

Shuningdek, jurnalist bu qizning g‘alabasiga Aljirda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat sabab bo‘lishi mumkinligini ham qistirib o‘tdi. Odamlarga Aljirdagi siyosiy holat yoqmayapti va ular Kelinglar, Hadichani go‘zallik qirolichasiga aylantiramiz , deb o‘ylashyapti, agar Miss Aljirga kimdir qarasa, darhol g‘azablanishni boshlaydi , deb yozdi al-Said. Uning bu haqorati tanlov g‘olibi tomonidan javobsiz qoldirildi.

ria.ru

Kiritildi: 12:03 18.01.2019. O'qildi: 2710 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!