Hujum oqibatida to‘rt nafar harbiy yaralandi, armiya raketalar va o‘nlab dronlar yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
Quvayt Qurolli kuchlari mamlakat Harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalardan biri Eron bilan bog‘langan hujumga uchraganini ma’lum qildi.
Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, zarba oqibatida to‘rt nafar harbiy xizmatchi jarohat olgan. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Quvayt harbiylari bayonotida aytilishicha, havo mudofaa kuchlari bitta ballistik raketa, beshta qanotli raketa va 33 ta uchuvchisiz uchish apparatini aniqlab, yo‘q qilgan.
Qayd etilishicha, hujumlar bir nechta muhim infratuzilma va fuqarolik ob’ektlariga qaratilgan. Urib tushirilgan nishonlar parchalari moddiy zarar keltirgan.
Arab davlati hokimiyati havo hujumi xavfi sirenalari yangrayotgani munosabati bilan aholini xavfsiz joylarga yashirinishga chaqirdi. Bu so‘nggi 24 soat ichida Bahraynda e’lon qilingan to‘rtinchi shunday ogohlantirish bo‘ldi. Bahraynda AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 5-floti joylashgan.