Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Quvayt Eronga qarshi harbiy operasiyada ishtirok etganini rad etmoqda

Quvayt Eronga qarshi harbiy operasiyada ishtirok etganini rad etmoqda

Quvaytning AQShdagi elchisi Shayx Az-Zayn As-Sabah amirlikning Eronga qarshi harbiy operasiyada ishtirok etgani va Quvayt kuchlari Islom Respublikasi hududiga zarbalar bergani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bu haqda diplomat Quvayt Eronga qarshi hech qanday harbiy operasiyalarda ishtirok etmaganini aytdi.

"Quvayt Eronga qarshi hech qanday harbiy operasiyalarda qatnashmagan va uning hududi, havo maydoni yoki hududiy suvlaridan Islom Respublikasiga qarshi hujumkor harakatlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymagan", deb ta’kidladi elchi.

U shuningdek, Quvaytning bunday operasiyalarda ishtirok etgani haqidagi xabarlarni "mutlaqo yolg‘on" deb atadi.

Avvalroq The Wall Street Journal manbalarga tayanib, Quvayt va Bahrayn shu oyda Eron hududiga yashirincha zarbalar berganini da’vo qilgan edi. Nashrning xabar berishicha, iyul oyida ikkala mamlakat ham o‘zlarining qiruvchi samolyotlaridan foydalanib, bir qator harbiy nishonlarga, jumladan, raketa va dron omborlariga zarba berishgan. Bundan tashqari, gazeta Birlashgan Arab Amirliklari operasiya uchun razvedka ma’lumotlarini taqdim etganini da’vo qildi.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!