❗️ Yer – davlatning strategik resursi bo‘lib, uni noqonuniy tarzda sotish yoki qayta rasmiylashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, sug‘oriladigan yerlar bilan bog‘liq har qanday qonunbuzarlik mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
☄️ Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalik rahbari xaridorni mazkur xo‘jalikning 3,7 gektar yer maydonini go‘yoki 7 gektar ekanligiga ishontirib va uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, evaziga 20 ming AQSh dollari hamda 100 mln so‘m talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer xo‘jalik rahbari kelishilgan pul mablag‘idan 15 ming dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.