Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori ichida bufer zona yaratilishiga qarshi — AQSh Davlat departamenti

A A A
Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektori ichida bufer zona yaratilishiga qarshi — AQSh Davlat departamenti

Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh G‘azo sektori ichida bufer zona yaratilishiga qarshi ekanligini bildirdi.

Millerning ta’kidlashicha, urushdan keyin G‘azodagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha AQShning yondashuvini ifodalaydigan besh tamoyil qatoriga hududni qisqartirmaslik, majburan ko‘chirmaslik, qayta ishg‘ol qilmaslik, qamal yoki blokada qilmaslik va G‘azodan terrorizm platformasi sifatida foydalanmaslik kiradi.

"Agar taklif etilayotgan bufer zonasi G‘azo sektori ichida bo‘lsa, bu tamoyillardan birining buzilishi bo‘ladi va biz bunga qarshimiz. Agar bu Isroil hududida biror narsaga taalluqli bo‘lsa, men bu haqda gapirmayman – bu qaror isroilliklar tomonidan qabul qilinishi kerak", — dedi Miller.

Isroil o‘tgan hafta bir qancha arab davlatlari va Turkiyaga kelajakdagi hujumlarning oldini olish uchun G‘azo sektori bilan chegaraning Falastin tomonida bufer zona yaratish rejalari borligini ma’lum qilgandi, deya xabar beradi Reuters.

Kiritildi: 15:49 07.12.2023. O'qildi: 1664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!