Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘shiqchi Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini ruxsatisiz kuylagani uchun sudda "javob beradi"

Qo‘shiqchi Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini ruxsatisiz kuylagani uchun sudda "javob beradi"

Xabaringiz bor ijtimoiy tarmoqlarda Sanjay taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Djavberdiyev Sanjar “Gulbadan”, “Atirgulim atringni soch”, “Karvon” nomli qo‘shiq va she’rlarni mualliflarning roziligisiz, asar yaxlitligining buzgan holda ijro etgani sababli O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga ariza kelib tushgani haqida xabar tarqalgandi

Ma’lum bo‘lishicha xonanda Djavberdiyev Sanjar qo‘shiq muallifi O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev hamda she’rlar muallifi O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimovdan hech qanday rozilik olmasdan va ular bilan shartnoma tuzmasdan qo‘shiq aslini o‘zgartirgan holda ijro etib kelgan. 

Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatining O‘zbekiston halq artisti Sherali Jo‘rayev va muallif Usmon Azimovning ishonchli vakili sifatida xonanda Djavberdiyev Sanjarga “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunni buzganligi uchun chora ko‘rish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishiga sabab bo‘lgan. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun 18-moddasiga ko‘ra, asar (qo‘shiq)ni omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ammo bizning holatimizda buning aksi bo‘lgani tufayli qo‘shiqlarga bo‘lgan mualliflik huquqi jiddiy ravishda buzilgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 177(1)-moddasining birinchi qismida belgilangan asarlardan yoki turdosh huquqlar ob’ektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek, asarlarning yoki turdosh huquqlar ob’ektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish holatlari mavjud deb hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborildi.

Afsuski har qanday ijod namunasi muallifning mashaqqatli mehnati orqali yaratilishi, uni hurmat qilmasdan va ruxsat so‘ramasdan foydalanish esa huquqbuzarlik sanalishini e’tiborga olmaslik holati uchrab turadi. Hattoki rivojlangan davlatlarda mualliflik huquqini buzganlik katta jarimalar solinishi hattoki huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilish bilan jazolanadi, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:13 28.11.2020. O'qildi: 5185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!