Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Qur’onning tarjimasini o‘qib tugatgan odam ham Qur’onni xatm qilgan hisoblanadimi?

A A A
Qur’onning tarjimasini o‘qib tugatgan odam ham Qur’onni xatm qilgan hisoblanadimi?

— «Xatm» «tugatish», «yakunlash» degan ma’noni bildiradi. «Xatmi Qur’on» deganda Qur’oni Karimni boshdan-oyoq to‘liq o‘qib chiqish tushuniladi. Birorta sura yoki oyat tashlab ketilsa, tom ma’noda xatm hisoblanmaydi.

Shuningdek, Qur’onni o‘zi nozil bo‘lgan tilda – arab tilida o‘qib chiqilgandagina, xatmi Qur’on qilgan hisoblanadi, tarjima yo tafsirini o‘qib chiqish, garchi buyuk ajru savoblarga ega amal bo‘lsa- da, xatmi Qur’on sanalmaydi. Chunki Qur’onning ma’nosi ham, lafzi ham Alloh taolodan. Uni boshqa tilga o‘girilganda ma’nosi ifoda topsa ham, lafzi o‘zgaradi, buziladi va Qur’onligi yo‘qoladi.

Xatmi Qur’on qilish sunnat amaldir. Har bir musulmon Qur’onni xatm qila olish bilimiga ega bo‘lishi shart.

Ulamolarimiz aytadilarki, musulmon kishi Qur’onni uzog‘i bilan qirq kunda yoki bir oyda bir marta xatm qilishi kerak, xatm muddati bundan o‘tib ketsa, makruh ish qilgan bo‘ladi, makruh amalning gunohi bo‘yniga tushadi.

Vallohu a’lam.

Odinaxon Muhammad Sodiq
 

Kiritildi: 15:35 11.12.2020. O'qildi: 7319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!