Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Qur’onda «Alloh hargiz kofirlarga mo‘minlar ustidan yo‘l bermas», degan oyat bo‘la turib, nega mo‘minlar ustidan kofirlarga yo‘l berdi?

Qur’onda «Alloh hargiz kofirlarga mo‘minlar ustidan yo‘l bermas», degan oyat bo‘la turib, nega mo‘minlar ustidan kofirlarga yo‘l berdi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Shayx Mutavalliy Sha’roviy hikoya qiladilar:

San-Fransiskoda ekanimda sharqshunoslardan biri so‘radi:

– Qur’oningizdagi hamma narsa sahih – to‘g‘rimi?

– Albatta ha! – deya javob qildim. U yana so‘radi:

Qur’onda «Alloh hargiz kofirlarga mo‘minlar ustidan yo‘l bermas», degan oyat bo‘la turib, nega mo‘minlar ustidan kofirlarga yo‘l berdi? Ya’ni, ularni mo‘minlardan g‘olib qildi?

Men javob qildim:

– Biz muslim-musulmonlarmiz, mo‘minlar emas. U va’da mo‘minlar uchun.

Yana so‘radi: – Mo‘minlar bilan musulmonlar o‘rtasida nima farq bor?

Shayx Sha’roviy shunday javob qildilar:

– Bugungi musulmonlar islomning hamma ibodatlari: namoz, zakot, ro‘za va haj kabilarni ado etishadi. Ammo ular tom ma’noda qiyinchilikdalar. Ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy jabhalarning hammasida tang ahvoldalar. Bu tanglik nedan?

U ham: – Haqiqatda bu tanglik nedan? – deb so‘radi. Javob qildim:

– Buni Qur’on bizga shunday tushuntiradi: «Chunki musulmonlar mo‘minlik darajasiga ko‘tarila olishmadi». Quyidagilar to‘g‘risida yaxshilab fikr yurgizing:

 Agar ular haqiqiy mo‘min bo‘lganlarida Alloh albatta nusrat bergan bo‘lar edi. Chunki Alloh Rum surasining 47-oyatida: «Mo‘minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haqdir», deydi.

 Agar ular mo‘min bo‘lganlarida millat va xalqlar aro obro‘-e’tibor va ustunlik qozongan bo‘lar edilar. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Bo‘shashmanglar! Xafa-mahzun bo‘lmanglar! Sizlar, agar mo‘min bo‘lsalaringiz, ustunsizlar», deydi (Oli-Imron surasi, 13-oyat).

 Lekin ular musulmonlik bosqichida qolib ketishdi. Mo‘minlik darajasigacha ko‘tarila olmadilar. Alloh taolo aytadi: «Lekin ularning ko‘plari mo‘min bo‘lmadilar» (Shuaro surasi, 8-oyat).

 Unday bo‘lsa, mo‘minlar kimlar? Bunga javob ham Qur’oni karimning o‘zida: «Ular tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro‘za tutuvchilar, ruku’ qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasida turuvchilardir. Va mo‘minlarga xushxabar bering!» (Tavba surasi, 112-oyat).

Mulohaza qilib ko‘raylik, Alloh taolo nusrat, g‘alaba, hukmronlik va taraqqiyot mavzularini mo‘minlarga bog‘ladi, musulmonlarga emas!

Alloh shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviyni o‘z rahmatiga olsin! Kasalimiz, muammo va tanazzulimiz sabablarini Qur’oni karim vositasida ochib berdilar, yana tuzalish, yechim va taraqqiyot yo‘lini ham aniq ko‘rsatib berdilar (Echim oxirgi oyatda. Qayta o‘qing, biz mo‘minmizmi?).

Islom.uz

Kiritildi: 15:53 23.05.2019. O'qildi: 5342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!