Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Qurigan Orol dengizi tubida marafon bo‘lib o‘tadi

Qurigan Orol dengizi tubida marafon bo‘lib o‘tadi

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadigan yangi marafon haqida e’lon qildi.

ARAL ULTRA – xalqaro ultramarafoni yugurish yo‘laklari sobiq Orol dengizining tubi bo‘ylab o‘tadi, sho‘rxoklar va Orolqum sahrosi orqali o‘tadi. Asosiy poyga 2026 yil 3-4 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Ustyurt yassitog‘ligida o‘tkaziladi.

Tadbirdan maqsad: Orol dengizi qurishi oqibatlariga e’tibor jalb etish, mintaqaning rivojiga hissa qo‘shish.

Marafon shakli “trail running”, ya’ni tabiiy relyefda yugurish bo‘lib, unda individual sportchilar yoki jamoalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar 100, 50, 25 yoki 15 km masofalarga yugurishlari mumkin.

Kiritildi: Bugun 06:44. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!