Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Qo‘ng‘iroq” qo‘rqinchli filmi yulduzi o‘z joniga qasd qildi

“Qo‘ng‘iroq” qo‘rqinchli filmi yulduzi o‘z joniga qasd qildi

Yaponiyalik aktrisa Yuko Takeuti vafot etdi, deb xabar bermoqda Kyodo.

Ayol 40 yoshida o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda uning yaqinlari xabar berishdi.

Ta’kidlanishicha, aktrisa bugun erta tongda kasalxonaga olib ketilgan, o‘sha yerda shifokorlar uning o‘limini tasdiqlashgan.

Takeuti o‘z joniga qasd qilishidan oldin hech qanday xat qoldirmagan.

O‘nlab filmda va televizion seriallarda rol o‘ynagan Yuko "Qo‘ng‘iroq" dahshatli filmidagi hamda “Miss Sherlok” teleserialidagi obrazlari bilan tanilgan edi.

Kiritildi: 20:12 27.09.2020. O'qildi: 2816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!