Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qo‘qonlik mashhur tadbirkorning xotini va haydovchisi uning 5 mlrd pulini o‘g‘irladi

Qo‘qonlik mashhur tadbirkorning xotini va haydovchisi uning 5 mlrd pulini o‘g‘irladi

Tadbirkor I.I.ga nisbatan sodir etilgan ushbu o‘g‘irlik jinoyat ortidan Qo‘qonda yog‘och, shakar, shirinliklar savdosi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorning o‘z xotini, Z.I., uning haydovchisi O.I., xotinining dugonasi va dugonasining turmush o‘rtog‘i A.D. va R.U. hamda Qo‘qon shahrida mashhur bo‘lgan folbin M.A.ga nisbatan 1-15-1904/17-sonli jinoyat ishi ochildi.

Ayblanuvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi va 243-moddasi va 168-moddasi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Jahon.uz” axborot portalining ixtiyorida mavjud bo‘lgan voyeqalarga doir rasmiy hujjatda, Z.I. (xotini) turmush o‘rtog‘i I.I.(eri)ning unga nisbatan munosabati o‘zgarib, boshqa ayollar bilan gaplashib yurganidan rashk qilib, uni jazolash
maqsadida, turmush o‘rtog‘i va uning yaqin qarindoshlariga tegishli bo‘lgan pullarini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoiy rejasini tuzib, turmush o‘rtog‘i I.I.ning pullar saqlanadigan temir seyf kalitini yashirincha qo‘lga kiritib, jami milliy so‘mga nisbatan qiymati 283.532.200 so‘mni tashkil qilgan juda ko‘p miqdordagi 35.000 AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarf qilgani aytilmoqda.

Z.I. turmush o‘rtog‘i I.I. bilan oilaviy munosabatlari sababli o‘zaro kelishaolmay o‘z ota uyiga ketib qolib, shu yerda yashab yurgan vaqtda muqaddam oilasiga haydovchilik qilgan I.O. bilan gaplashib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lib, unga turmush o‘rtog‘i I.I.ning yotoqxonasidagi seyfda juda ko‘p miqdorda pullar saqlanadigan seyfning kalit
nusxasini I.O.ga bergan.

I.O. esa I.I. va uning oila-a’zolariga tegishli juda ko‘p miqdordagi AQSh dollar pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Qo‘qon shahar Xo‘jakent 4-tor ko‘chasi raqamsiz uyga kelib, devor orqali g‘ayriqonuniy ravishda hovliga kirib, u yerdan I.I.ning yotoqxonasiga deraza orqali kirib, Z.I. tomonidan berilgan kalit yordamida seyfni ochib,
uning ichidan I.I. va uning yaqin qarindoshlariga tegishli milliy so‘mga nisbatan qiymati 5 mlrd. 508 mln. 625 ming 609 so‘mni tashkil qilgan juda ko‘p miqdordagi 680.000 AQSh dollar pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringan.

Shundan so‘ng I.O. va Z.I. jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni o‘rtada taqsimlab, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflashgan.

Kiritildi: 10:35 19.08.2019. O'qildi: 4932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!