Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qo‘qonlik erkakka elektrdan 3 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi

Qo‘qonlik erkakka elektrdan 3 mln so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi

Qo‘qonlik fuqaroga elektrdan asossiz qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qo‘qon shahar adliya bo‘limi "Aniq.uz"ga ma’lum qildi.

Qo‘qon shahar Devonbegi ko‘chasi 83-uyda yashovchi fuqaro Mo‘minov Murat Mamadjanovich Qo‘qon shahar adliya bo‘limiga shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari ustidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, turar joyida hech kim bo‘lmasa-da, belgilangan tartibga amal qilmagan holda dalolatnoma rasmiylashtirilgan, ushbu dalolatnomaga asosan 3.025.181 so‘m miqdorida jarima yozilgan. Mo‘minov Murat moddiy ahvoli og‘irligi, hozirda elektr energiyasi tarmoqdan uzilganligini aytib, buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashda amaliy yordam so‘radi.

Qo‘qon shahar adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganildi. Natijada Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudiga fuqaro Mo‘minov Murat Mamadjanovichning manfaatini ko‘zlab elektr energiyasi bo‘yicha noqonuniy kiritilgan 3.025.181 so‘m miqdoridagi jarimani abonent hisobidan chiqarish majburiyatini yuklash haqida da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo ariza sud tomonidan 2020 yil 17 martdagi hal qiluv qaroriga asosan qanoatlantirilib, 3.025.181 so‘m miqdoridagi qarzdorlik fuqaro M.Mo‘minovning hisobidan chiqarilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 20:00 26.05.2020. O'qildi: 2127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!