Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 aprel kuni soat 08:54 da Qo‘qon shahar Bo‘ston MFY Usmon Nosir ko‘chasida joylashgan xo‘jalik mollari do‘koni yonayotganligi yuzasidan 112 tizimi orqali FVB ga xabar kelib tushgan.

Yong‘in yuzaga kelgan joyga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 08:57 da yetib borib, 09:01 da alangani o‘rab olgan va 09:07 da uni to‘liq bartaraf qilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘indan do‘konning 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!