Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qo‘qonda 17 yoshli yigit talonchilar hujumiga uchradi

Qo‘qonda 17 yoshli yigit talonchilar hujumiga uchradi

Farg‘ona. 2020 yilning 19 noyabr kuni soat 11:30 da, noma’lum shaxslar Qo‘qon shahar Furqat ko‘chasida fuqaro 17 yoshli Jalolidin SH.,ga 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarini so‘mga almashtirib berishini aytib, unga 150.000 so‘m pullarni berib, undan 300 AQSh dollarini olib, qolgan pullarni avtomashinadan olib berishini aytib, qora rangli, “Spark” rusumli avtomashinaga chiqib qochib ketishgan.  

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni  fuqaro 22 yoshli Shavkatjon M., va tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan “Islom” va “Elyor” ismli shaxslar bilan oldindan til biriktirib sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Shavkatjon M., hamda boshqa noma’lum shaxslarga nisbatan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi  “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Shavkatjon M., gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilib, prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Shavkatjon M., ning jinoiy sheriklarini shaxsini aniqlash maqsadida, tergov-tezkor harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:32 25.11.2020. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!