Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qon shahriga jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

Qo‘qon shahriga jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi

Qo‘qonga jahon hunarmandlar shahri maqomi berildi, deb yozmoqda O‘zA. Bu haqda Jahon hunarmandlari kengashining rahbari Rozi Grinlis xonim yaqinda Qo‘qon shahriga tashrif buyurgan tashkilotning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha prezidenti Gada Kaddumiga yo‘llagan xatida ma’lum qilgan.

«Jahon kengashiga berilgan arizaga ko‘ra, biz hunarmandchilik Qo‘qon shahri madaniyati va sanoatida katta rol o‘ynashi haqidagi xulosaga keldik. Qo‘qon hunarmandlar shaharlari jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashi quvonarlidir. Qo‘qon ro‘yxatga kiritilishi bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarishi va butun dunyo hunarmandlari uchun umumiy platforma yaratish maqsadida xalqaro almashuvlarni kengaytirishi, hunarmandchilik shaharlari tarmog‘idagi boshqa shaharlar bilan faol hamkorlik qilishiga umid qilamiz» — deb aytgan Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Rozi Grinlis.

Jahon hunarmandlari shahri unvoni 2014 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shu kungacha unga jahonning turli mamlakatlaridagi 30 ta shahar sazovor bo‘lgan. Qo‘qon shahri MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib mazkur ro‘yxatga kiritildi.

Joriy yilning 10—15 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan «Xalqaro hunarmandchilik festivalida 70 dan ortiq xorijiy davlatdan mahoratli hunarmandlar, amaliy san’at ustalari, mutaxassislar, soha olimlari va faxriy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:15 12.08.2019. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!