Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qumqo‘rg‘onda oilaviy kelishmovchilik janjal bilan yakunlandi

Qumqo‘rg‘onda oilaviy kelishmovchilik janjal bilan yakunlandi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2022 yil 8 yanvar kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 7 yanvar kuni soat 03:00 larda, tumanning “Bog‘aro” mahallasida yashovchi, F.Fozil va ukasi F.Jasurlar tumanning “Jiydali” mahallasida yashovchi, CH.Kamronning yashash uyiga borib, o‘rtalaridagi oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqishi sababli F.Fozil, CH.Kamronni qo‘li bilan duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

8 yanvar kuni F.Fozilga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 10:07 18.01.2022. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!