Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qumqo‘rg‘onda may oyida bedarak yo‘qolgan ayol qidiruvga berildi

Qumqo‘rg‘onda may oyida bedarak yo‘qolgan ayol qidiruvga berildi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani “Bobolochin“ mahallasida yashab kelgan Mavluda Qulmatova 2019 yilning may oyida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Bu haqda Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, tumanning “Bobolochin“ mahallasi Tinchlik ko‘chasi 154-uyda yashovchi E.Shayimov tuman prokuraturasiga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i 2019 yilning 15 may kuni yashash uyidan, “uyimdagilarni oldiga borib kelaman“ deb chiqib ketib qaytib kelmaganini bildirgan va uni topishda ko‘mak so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bedarak yo‘qolgan Mavlud Qulmatova Ortiqovna 1984 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, uy bekasi, oilali. Yo‘qolgan kuni egnida qizil rangdagi ko‘ylak va shu rangdagi lozim bo‘lgan. Oyog‘ida oddiy qora rangdagi shippak bo‘lgan. Sochlari o‘rtacha qora, ko‘zlari qora rangda. Bo‘yi taxminan 155-165 sm, o‘rtacha gavdali rangi bug‘doyrang-sariq rangda qoshlari qalin qora rangda.

Kimda kim bedarak yo‘qolgan M. Qulmatovani ko‘rgan, yoki u haqida eshitgan bo‘lsa, IIB idoralariga yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi.

Kiritildi: 17:33 11.11.2019. O'qildi: 4075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!