Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qo‘l titrashidan qutqaradigan bilaguzuk yaratildi

Qo‘l titrashidan qutqaradigan bilaguzuk yaratildi

Kanzas universiteti olimlari qo‘l titrashini kamaytiradigan noyob bilaguzukni ishlab chiqishdi.

Bu haqda “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati xabar bermoqda.

Taekidlanishicha, bilaguzuk bilakdagi median va radial nervlarga impulslarni yuboradi, bu esa qo‘llarning titrashiga olib keladigan asabiy faoliyatni to‘sib qo‘yadi.

Ma’lumotlargan ko‘ra, tadqiqotda ishtirok etish uchun qo‘llari titragan 130 dan ortiq bemorlar jalb qilingan.

Natijada, qo‘llariga qurilma taqib qo‘yilgan qo‘ngillilarda tremorning 65 foizga kamayishi kuzatilgan.

Essensial tremor - bu keng tarqalgan harakat buzilishi. Uning sababi noma’lum. Ushbu patologiya odatda qo‘llar yoki barmoqlarning titrashi bilan namoyon bo‘ladi,ammo ba’zida ovqatlanish, yozish kabi ixtiyoriy harakatlar paytida bosh va tananing boshqa qismlari  ham titrashda qatnashadi.

Kiritildi: 21:00 28.09.2020. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!