Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Quddusga kiraverishda ikkita portlash sodir bo‘ldi

Quddusga kiraverishda ikkita portlash sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni Quddusda sodir bo‘lgan ikkita portlash oqibatida 14 kishi jabrlandi. Terrorchilik harakatining ikkita varianti tekshirilmoqda.

«Quddusda ikkita terakt sodir etishda gumon qilinmoqda. Bugun ertalab soat 07:00da Givat-Shaul chorrahasidagi avtobus bekatida portlovchi qurilma ishga tushirildi, 11 kishi turli darajada jarohat oldi. Oradan yarim soat o‘tgach, Ramot chorrahasidagi avtobus bekatida yana portlash sodir bo‘ldi. Uch kishi yengil tan jarohati oldi», — deyiladi polisiya xabarida.

Voqea joyiga yetib kelgan polisiya voqeani o‘rganishga kirishgan.

O‘z navbatida Quddus merining o‘rinbosari Fler Hasan-Naum 18 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi va voqeani terrorchilik harakati deb atadi.

Kiritildi: 07:13 24.11.2022. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!