Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozoq yigitlari «Boku» kafesiga hujum qildi

Qozoq yigitlari «Boku» kafesiga hujum qildi

Qozog‘istonning Semipalatinsk shahrida bir guruh qozoq millatiga mansub yoshlar Ozarbayjonliklarga tegishli Boku kafesini vayron qilishga urinib ko‘rishdi. Shu yo‘l bilan ular yangi yil kechasi Qarag‘andadagi Qadimiy Rim restoranida halok bo‘lgan 23 yoshli qozoq yigitning o‘chini olishga ahd qilishgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘shanda restoranda katta mushtlashuv yuzaga kelgan. Mushtlashuvda uch nafar arman millatiga mansub yigitlar ham ishtirok etgan. Ularning ikki nafari qo‘lga olingan, bir nafari qochib ketgan. Hozirda uni polisiyachilar qidirmoqda.

Darvoqe, huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari qozoq yigitlarini o‘z vaqtida to‘xtatib qolishdi. Kafe jabr ko‘rmadi.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 00:51 06.01.2019. O'qildi: 2141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!