Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozon maktabidagi otishmada halok bo‘lgan o‘quvchilar dafn qilindi

Qozon maktabidagi otishmada halok bo‘lgan o‘quvchilar dafn qilindi

Bugun Qozon shahrida 175-sonli maktabda otishmada qurbon bo‘lgan ikki kishining dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Jasadlar ertalab qarindoshlariga topshirildi.

Tatariston telekanali xabar qilganidek, marhumlarning dafn marosimiga faqat qarindoshlar kelishgan.

Vafot etgan o‘quvchilardan birining onasi ushbu maktabda tatar tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Hodisa paytida ayol o‘z o‘quvchilarini maktabdan olib chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ikkala o‘g‘il ham sakkizinchi sinfda o‘qirdi. Ular sinfdoshlar edilar.

Fojia kecha Tatariston poytaxtidagi 175-sonli maktabda sodir bo‘ldi. 19 yoshli Ilnaz Galyaviyev talabalarga qarata o‘t ochdi. 9 kishi halok bo‘ldi – 7 o‘quvchi va 2 maktab xodimi. Yana 20 kishi jarohat oldi – 18 nafar bola va 2 nafar kattalar.

Kiritildi: 15:46 12.05.2021. O'qildi: 3357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!