Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozon gimnaziyasidagi otishma: shkaf ortiga yashiringan qizcha qanday tirik qoldi?

Qozon gimnaziyasidagi otishma: shkaf ortiga yashiringan qizcha qanday tirik qoldi?

Qozon shahridagi 175-maktabning beshinchi sinf o‘quvchisi Anjelina Lazareva RIA Novostiga 11 may kuni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi ikkinchi sinfda o‘qiydigan singlisini qanday qutqarganini aytdi.

"Mening singlim portlash natijasida shkaf ortida qolib ketgandi. Singlimni shkaf asrab qoldi. Sinfdoshlari yugurib chiqishganida esa shkaf ortidagi singlimni payqashmagan. U: "Yordam bering!" deb baqirgan, lekin hech kim eshitmagan. Singlim shkaf ostidan chiqib, oyog‘ini arang tortib oldi va derazaga chiqib, baqirishni boshladi", dedi Anjelina.

Maktab o‘quvchisining so‘zlariga ko‘ra, endi uning singlisi uyda, shifokorlar unga og‘ir jarohat tashxisini qo‘yishgan, ammo o‘sha kuni boshqa jabrlanganlar singari ular ham kasalxonaga yotqizilgan.

"Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uning maktabdan chiqishiga yordam berdi. U ko‘chada turib, birinchi sinf o‘quvchilarini derazadan olib chiqishda yordam berdi. O‘qituvchi uni eshitdi va quchoqlab, panjara oldiga olib bordi. O‘qituvchi bolani qutqardi", - deya qo‘shimcha qildi Anjelinaning onasi Nadejda Aleksandrovna. 

Kiritildi: 21:31 13.05.2021. O'qildi: 4538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!