Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonning vaqtinchalik prezidenti e’lon qilindi

Qozog‘istonning vaqtinchalik prezidenti e’lon qilindi

Qozog‘iston Senati raisi Kasim-Jomart Tokayev vaqtincha prezident sifatida mamlakatni boshqarib turadi.

Nazarboyev seshanba kuni respublika telekanallari efirida xalqiga murojaat qilar ekan, o‘z prezidentlik vakolatlarini topshirish qarorini e’lon qildi.

Ertaga, 20 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da, Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida Parlament palatalarining umumiy majlisida qasamyod qabul qiladi.

Prezident saylovlari o‘tkaziladi. Prezident vazifasini vaqtinchalik bajarish vakolati senat spikeri Kasim-Jomart Tokayevga topshiriladi , - deb bayonot qildi Nazarboyev.

U o‘zining prezidentlikdan ketish qaroriga izoh berar ekan, Mening qarorim oddiy qaror emas. Men mustaqil mamlakatning birinchi prezidenti bo‘lishga musharraf bo‘ldim. Biz sizlar bilan SSSR parchalarida muvaffaqiyatli davlatni bunyod etishga muvaffaq bo‘ldik , - degan so‘zlarni aytgan.

Nursulton Nazarboyev, mamlakat konstitusiyasida belgilanganidek, Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi, Nur-atan partiyasi rahbari, mamlakat konstitusiyaviy kengashi a’zosi sifatida faoliyat yuritadi.

Kiritildi: 22:33 19.03.2019. O'qildi: 3576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!