Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonning Nur-Sulton, Olmaota va Qarag‘an shaharlarida Rossiya kunlari o‘tkaziladi

Qozog‘istonning Nur-Sulton, Olmaota va Qarag‘an shaharlarida Rossiya kunlari o‘tkaziladi

Nur-Sulton, Olmaota va Qarag‘an shaharlarida «Rossiya kunlari»ni o‘tkazish masalasi Rossiya madaniyat vazirining o‘rinbosari Alla Manilova va Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Aktota Raimqulova tomonidan muhokama qilindi. Bu haqda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tadbirlar 7-11 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda tomonlar, shuningdek, 2020 yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ishlarni ham muhokama qilishdi. Rossiya tomoni Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni birgalikda o‘tkazishni taklif qildi.

Raimqulova ijodiy folklor va teatr jamoalari uchun tanlovlar o‘tkazishga e’tiborni qaratdi, shuningdek, Rossiya san’atkorlarini Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro festivallarda ishtirok etishi masalasi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabrdan 11 oktyabrgacha Moskvada Qozog‘iston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 09:44 12.09.2019. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!