Qozog‘istonning Chimkent shahrida 18 yoshli yigit to‘pponcha bilan do‘kon o‘marishga kirgan o‘g‘rini qurolsizlantirdi.
Noma’lum shaxs lombard xodimlarini qo‘lidagi qurol bilan qo‘rqitib, ulardan 100 ming tanga talab qilgan.
Hujumning guvohi bo‘lgan 18 yoshli yigit o‘zini yo‘qotmay, jinoyatchini bir necha zarba bilan to‘xtatib, polisiya kelgunigacha ushlab turgan.
Aniqlanishicha, to‘pponcha o‘yinchoq bo‘lgan.