Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

So‘nggi vaqtlarda ishlash uchun Qozog‘istonga borgan yoki ushbu davlatda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Migrasiya agentligi xabar qildi.

“Yurtdoshlarimizdan bunday firibgarlarga ishonmaslik va pasportni notanish insonlarga bermaslik so‘raladi”,- deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarur.

Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda quyidagi raqamlarga murojaat qilish so‘raladi:

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17)

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 115;

Qozog‘iston polisiyasi: 102.

Kiritildi: 10:16 24.04.2024. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!