Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istondagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonga o‘tkazilmoqda

Qozog‘istondagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonga o‘tkazilmoqda

Qozog‘istonning qator hududlarida karantin rejimining yengillashtirilganligi munosabati bilan fuqarolarimiz O‘zbekiston hududiga o‘tish maqsadida “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktiga kelishmoqda.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi chegara va sanitar-epidemiologik xizmatlarining hamkorlikdagi faoliyati natijasida hamyurtlarimiz mamlakatimiz hududiga karantin choralariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona “Jibek Joli” nazorat-o‘tkazish punktiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ma’lum to‘lov evaziga davlatlararo chegarani kesib o‘tishda ko‘maklashishni taklif qiluvchi turli shaxslarga murojaat qilmaslikka yana bir bor chaqiradi.

Odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktida hozirda Olmaotadagi Bosh konsulxonaning xodimi ishlamoqda hamda fuqarolarimizga zarur konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatmoqda.

Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Kiritildi: 18:54 28.05.2020. O'qildi: 2969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!