Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istondagi portlashlar natijasida qurbonlar soni ortmoqda

Qozog‘istondagi portlashlar natijasida qurbonlar soni ortmoqda

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris tumanidagi harbiy qismda yuz bergan portlashlar natijasida qurbon bo‘lganlar soni 2 nafarga yetdi. Bu haqda respublika bosh vaziri Askar Mamin hukumat yig‘ilishida ma’lum qildi. 

 

- Afsuski, qurbonlar bor - bir fuqaro hamda bir harbiy xizmatchi. Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bidiraman, - degan Mamin.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Eljon Birtanovning so‘zlariga ko‘ra, 15 nafar jabrlanganlar jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Tibbiy yordam so‘rab jami 168 kishi murojaat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatning Aris tumanidagi harbiy qismning qurollar saqlanadigan omborida 24 iyun kuni yong‘in chiqqan edi. Favqulodda vaziyat sabab hukumat butun shahar aholisini evakuasiya qilishga qaror qilgan.

life.ru

Kiritildi: 13:23 25.06.2019. O'qildi: 2473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!