Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istondagi harbiy omborda yangi portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istondagi harbiy omborda yangi portlash sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda yonib ketgan o‘q-dorilar ombori hududida yangi portlash sodir bo‘ldi, ammo hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi va halok bo‘lmadi, deb xabar beradi TASS Qozog‘iston Mudofaa vazirligiga tayanib.

"26 avgust kuni yong‘in sodir bo‘lgan muhandislik o‘q-dorilar ombori hududida bugun, 29 avgust kuni soat 12.20 da portlash qayd etilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda”, - deyiladi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatida.

26 avgust kuni Jambil viloyatida muhandislik o‘q-dorilar saqlanadigan harbiy qism omborida yong‘in sodir bo‘lgandi. Kamida 10 ta portlash yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin jabrlanuvchilar shifoxonalarga yotqizilgan, ularning 49 nafari mahalliy favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari. Natijada 13 kishi halok bo‘ldi. Voqea sababi aniqlanmoqda.

Yong‘inlar 28 avgust kuni ertalab o‘chirildi.

Kiritildi: 16:03 29.08.2021. O'qildi: 3359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!