Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

14 avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota—Toshkent—Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda 3 kishi, jumladan, 2 nafar yo‘lovchi — O‘zbekiston fuqarolari M.I. va G.T. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a’zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

«Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-291-11-78 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi», — deyiladi xabarda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 20:00 14.08.2019. O'qildi: 1571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!