Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish uchun soxta sertifikatlar sotgan hamshira qo‘lga olindi

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish uchun soxta sertifikatlar sotgan hamshira qo‘lga olindi

Ma’lum qilinishicha, tergov davomida hamshiraning 2 sherigi bilan birga Qozog‘iston tibbiyot muassasalarining ma’lumotnomalarini soxtalashtirib, 3–8 ming tenge (taxminan, 75 000 dan 200 000 so‘mgacha) evaziga sotgan.

Ta’kidlanishicha, soxta hujjat davlat chegarasini kesib o‘tishga, shuningdek, xorijga chiqishga imkon bergan.

«Tergov davomida Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tishga asos bo‘lgan tibbiy hujjatlarni soxtalashtirgan va sotgan hamshira fosh qilindi. Hozirda Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 385-moddasi bilan sudgacha tergov olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hamshiraning yashash va ish joyida olib borilgan tintuvlar davomida oldindan muhr bosilgan holda sotish uchun tayyorlangan 1266 ta tibbiy hujjat topilgan. Ularga 27,5 ming dollar miqdorida jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda soxta hujjat ishlab chiqargani uchun 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, undan foydalanganlik uchun esa 40 kungacha qamoq jazosi tayinlanadi.

Kiritildi: 14:43 27.07.2021. O'qildi: 2231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!