Bugun 26 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi

Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoat kompleksi Oqto‘be viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan O‘zbekistondan keltirilgan shaftoli partiyasida karantin zararkunandasi – sharq mevaxo‘ri (Grapholita molesta Busck) borligi aniqlandi.

Qayd qilinishicha, Markaziy bojxona rasmiylashtiruvi punktidagi karantin fitosanitar nazorati chog‘ida 2,58 tonna shaftolining yangi partiyasi tekshirilgan. Partiya Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan avtomashinada keltirilgan. Meva namunalari tanlab olinib, Oqto‘be viloyat karantin laboratoriyasiga yuborilgan. Tahlil sharq mevaxo‘ri mavjudligini tasdiqlagan.

Karantin ob’ekti tarqalishining oldini olish maqsadida zararlangan mahsulotlarni izolyasiyalash va yo‘q qilish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 21:35 25.09.2024. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!