Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov boshchiligidagi delegasiyaning Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatiga amaliy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Safar davomida O‘zbekiston delegasiyasi a’zolari Mang‘istau viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Yerbol Izbergenov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Mang‘istau viloyatida "Ulgurji tarqatish markazini" tashkil etish va o‘zbekistonlik tadbirkorlarning mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv natijasida birinchi bosqichda "TOO" korxonasini ochish va yil oxirigacha "Ulgurji tarqatish markazi" faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Erbol Izbergenov Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamda salohiyatli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini va ular xalqlarimiz farovonligiga xizmat qilishini aytib o‘tdi.
O‘zbekiston delegasiyasi vakillari, shuningdek, ushbu viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va "Oqtov dengiz tijorat porti" faoliyati bilan tanishdi.