Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Qozog‘istonda “Qozog‘iston–Ozarbayjon xalqaro forumi – G‘arbiy Ozarbayjonga qaytishga chaqiriqlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

A A A
Qozog‘istonda “Qozog‘iston–Ozarbayjon xalqaro forumi – G‘arbiy Ozarbayjonga qaytishga chaqiriqlar” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlangan “Qozog‘iston-Ozarbayjon xalqaro forumi – G‘arbiy Ozarbayjonga qaytishga chaqiriqlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Forum Ozarbayjon Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash agentligi ko‘magida “Gizilbash” Yoshlar ta’limi jamoat birlashmasi, YUNESKO tashkilotining Qozog‘istondagi vakolatxonasi, Butunjahon Ahisqa Turklari Assosiasiyasi, “Ipakyo‘li” Jamoatchilik Diplomatiyasi Jamg‘armasi va G‘arbiy Ozarbayjon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir Qozog‘iston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangrashi bilan boshlandi. Forumda Ozarbayjonning Qozog‘istondagi elchixonasining Olmaota shahridagi vakili Anar Husaynzoda, Turkiyaning Olmaota shahridagi Bosh konsuli Yevren Mүdәrriso‘g‘li, Turkiyaning Chimkent shahridagi faxriy konsuli, Butunjahon Ahisqa Turklari Assosiasiyasi boshqaruv kengashi a’zosi Latipsha Assanov, YUNESKO tashkiloti Madaniyatlarni yaqinlashtirilishi markazi raisi, taniqli yozuvchi O‘ljas Sulaymonov, Xalq shoiri Sobir Rustamxonli, Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Nagif Hamza, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Erpo‘lat Aliyeddino‘g‘li, “Goodwill AqNiet” jamoat fondi direktori Adlet Kumar, Turon universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya oliy maktabi direktori Oltinoy Tuleuvna Muxambedyarova, “Qozog‘istonning Art Forumu” Xalqaro ijodkorlik tashkiloti bosh direktori Yernazar Gimarat, Ozarbayjon Matbuot birlashmasi boshqaruv kengashi a’zosi, “Yeni Chag‘” (Yangi Chog‘) media guruhi rahbari Oqil Alasgar, “Ipakyo‘li” Jamoatchilik Diplomatiyasi Jamg‘armasi raisi Sayfulla Turksoy, “Ahisqa” gazetasi bosh muharriri Ravshan Mammadog‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Igor Krupko, “Ota yurt” jamoat birlashmasi raisi Sulaymon Ahmadov, Qozog‘istondagi Ozarbayjonliklar Assosiasiyasi Olmaota shahar tashkiloti raisi Qahramon Sa’diyev, YUNESKO tashkiloti Madaniyatlarni yaqinlashtirilishi markazi raisi o‘rinbosari Saltanat Ashimova, Qorabog‘ faxriysi, “Veteninfo.az” sayti bosh muharriri Naxid Jonbaxishli, Ozarbayjon Turizm Assosiasiyasi nazorat-taftish qo‘mitasi raisi Rahmon Guliyev, Qozog‘istonda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarimiz Amil Yusifov, Asadulla Alasgarov, Ehtiroam Shabanov, Qozog‘istonning taniqli olimlari, siyosat arboblari, urush faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqan Ozarbayjonning Qozog‘istondagi elchixonasi vakili Anar Husaynzoda o‘z so‘zini tashkilotchilarga minnatdorlik bildirish bilan boshladi. Anar Husaynzoda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlar haqida gapirar ekan, Vatan urushi yillarida Qozog‘iston ko‘rsatgan pozisiyaga to‘xtalib, rasmiy Ostona tomonidan Ozarbayjon hududiy yaxlitligining qo‘llab-quvvatlanganini yuksak qadrlashini ta’kidladi. A.Husaynzoda ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan turli loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Turkiyaning Olmaotadagi Bosh konsuli Yevren Mүdәrrisog‘li turkiy xalqlar birligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi va Turkiy dunyo katta shaxsiyati Haydar Aliyev o‘zining har tomonlama keng fikrlashi va boy dunyoqarashi bilan o‘z davrining oldingi saflarida turgan shaxs ekanligini ta’kidladi.

Deputat Nagif Hamza o‘z nutqida G‘arbiy ozarbayjonliklarning o‘z ota-bobolari zaminidan quvg‘in qilingani haqida gapirdi. Deputat Ozarbayjon chegaradosh hududlarda vatandoshlari istiqomat qilayotgan dunyodagi yagona davlat ekanini ta’kidladi:

“Bu minglab G‘arbiy Ozarbayjonliklar boshidan kechirgan achchiq haqiqat. Bugun yurtdoshlarimiz Qorabog‘ga qaytmoqda, Kalbojar ozod qilindi va yaqinda G‘arbiy Ozarbayjonliklar ham o‘z vatanlariga tinch-totuv qaytishiga ishonamiz. Bu tarixiy qaytishni ta’minlash, birdamlik va hamjihatligimizni yanada mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilamiz. Turkiy Davlatlar Tashkilotining rivojlanishi va mustahkamlanishi bizga katta umidlar beradi. Butun turkiy dunyo bu jarayonda ishtirok etib, birligimizni yanada mustahkamlaydi”.

Forumda videochiqish qilgan YUNESKO tashkiloti Madaniyatlarni yaqinlashtirilishi markazi raisi, taniqli yozuvchi O‘ljas Sulaymonov o‘z video ma’ruzasida Haydar Aliyevning Ozarbayjon va umuman dunyo uchun ahamiyati haqida gapirdi. O‘ljas Sulaymonov, shuningdek, Haydar Aliyevdan o‘rganiladigan ko‘p narsa borligini ta’kidladi:

“Bugun Haydar Aliyev rahnamoligida voyaga yetgan avlodlar u oldiga qo‘ygan vazifani o‘z zimmalarda tashimoqdalar. Bu ham bo‘lsa – ona yurti, xalqi farovonligi yo‘lida mehnat qilish vazifasidir”.

Xalq shoiri Sobir Rustamxonli o‘tgan asrning 90-yillari voqealari haqida gapirar ekan, mustaqillikka erishgan turkiy davlatlar bugungi kunda jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish bilan bog‘liq tadbirlar O‘zbekistondan Ispaniyagacha ko‘plab mamlakatlarda o‘tkazilganini ta’kidlagan Xalq shoiri, o‘z vatanlaridan ko‘chirilgan ko‘plab xalqlar uchun Qozog‘iston ikkinchi davlat ekanini ham ta’kidladi.

“Armaniston – tarixan Ozarbayjon zamini. So‘nggi ikki ming yil davomida dunyoda birorta Arman davlati bo‘lmagan, ular “Arman davlati bo‘lgan”, - deb to‘qib chiqarmoqda. Shukurki, yerlarimizni, tuproqlarimizni ozod qildik. Endi o‘z tuproqlarimizga qaytishni xohlaymiz. Boshlangan jarayon butun dunyoga Ozarbayjonning haq ekanini ko‘rsatmoqda”.

Ozarbayjon Matbuot birlashmasi boshqaruv kengashi a’zosi, “Yeni Chag‘” (Yangi Chog‘) media guruhi rahbari Oqil Alasgar ham forumni o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlagan tashkilotlarga o‘zining minnatdorligini bildirdi.

“Umid qilamanki, bunday qarindoshlik tadbirlarini butun turkiy yurtlarda, jumladan, Ahisqa, Zangezur, Tabrezda ham o‘tkazamiz. O‘sha kun uzoq emas”, - degan O.Alasgar G‘arbiy Ozarbayjonga qaytish ham xuddi Qorabog‘ga qaytish kabi amalga oshishini ta’kidladi.

“Biz o‘sha tuproqlarga albatta qaytamiz va turklarning shonli bayroqlarini butun yurtimizda xilpiratiramiz. Biz tavallud ayyomini nishonlayotgan ulug‘ yo‘lboshchimiz Haydar Aliyevning buyuk shaxsi oldida bosh egib ta’zim qilaman. Prezidentimiz Ilohom Aliyevning so‘zlari bilan so‘zlarimni yakunlayman: “Bizning oilamiz – Turkiy dunyodir va biz birgalikda katta kuchmiz!”

Ta’kidlash joizki, “Ipakyo‘li” Jamoatchilik Diplomatiyasi Jamg‘armasi raisi Sayfulla Turksoy, tarix fanlari bo‘yicha doktor Igor Krupko, Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor Erpo‘lat Aliyeddino‘g‘li, Qozog‘istondagi Ozarbayjonliklar Assosiasiyasi Olmaota shahar tashkiloti raisi Qahramon Sa’diyev va boshqa ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

“Ahisqa” gazetasi bosh muharriri Ravshan Mammadog‘li moderatorligida “Goodwill AqNiet” jamoat fondi direktori Adlet Kumar, Turon universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya oliy maktabi direktori Oltinoy Tuleuvna Muxambedyarova, “Qozog‘istonning Art Forumu” Xalqaro ijodkorlik tashkiloti bosh direktori Yernazar Gimarat ishtirokida “Turkiy dunyodagi yangi chaqiriqlar” mavzusida panel tashkil etildi.

Panel muzokaralarida turkiy respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar, ayniqsa Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyati yuzasidan fikrlar almashildi.

Forum doirasida ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyev tavalludining 102 yilligiga bag‘ishlab, ko‘rgazma ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada Haydar Aliyevning Markaziy Osiyo va turkiy respublikalar bilan bog‘liq siyosatini aks ettiruvchi tasvirlar o‘rin olgan.

Bundan tashqari, ko‘rgazmada G‘arbiy Ozarbayjondagi madaniy va tarixiy merosimizni aks ettiruvchi fotosuratlar ham namoyish etildi. Forum yakunida yakuniy bayonot qabul qilindi va esdalik uchun suratlarga tushildi.

Kiritildi: 10:05 13.05.2025. O'qildi: 362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!