Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda odam tishli g‘alati baliq tutib olindi (foto)

Qozog‘istonda odam tishli g‘alati baliq tutib olindi (foto)

Chimkentda baliqchi tishi odamnikiga o‘xshagan baliqni tutib oldi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Erkak Badam daryosida baliq oviga chiqqandi. Avvaliga u tutib olgan baliqni katta tovonbaliqqa o‘xshatdi. Ammo uning og‘ziga qaraganida, u g‘ayrioddiy ko‘rinishda bo‘lgan baliqni ovlaganini anglab yetadi.

Qozog‘istonda odam tishli g‘alati baliq tutib olindi (foto)

“Baliq katta, kattaligi 5 litrli baklajka, og‘irligi 1 300 gramm, lesh baliqqa o‘xshaydi. Oyquloqlari  - qizil. Og‘zini ochdim, u yerda besh yoshli bolanikiga o‘xshagan tishlar. Meni boshida ozgina qaltiroq tutdi”, - deydi Jenis Uzdenbayev.

Ba’zi odamlar bu pirani oilasiga mansub bo‘lgan, chuchuk suvda yashaydigan qoramtir paku bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda. Ushbu turagi baliq asosan Amazon va Orinoko daryolari havzalarida yashaydi. Bu baliqlarning uzunligi 108 santimetrga yetishi mumkin. Ularning tishlari to‘rtburchak va odam tishlariga juda o‘xshash. Ta’kidlanishicha, paku to‘rtburchak tishlari bilan o‘ljani teshib o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 15:45 25.09.2020. O'qildi: 8186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!