Bugun 13 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘istonda ilk bor ayol kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

Qozog‘istonda ilk bor ayol kishi prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olindi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika tarixida ilk bor ayol kishini mamlakat prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi, deb xabar berdi RIA Novostiga asosan Kun nashri.

Ak jol (Oq yo‘l) partyasidan parlament quyi palatasi deputati Daniya Yespayeva 9 iyun kuni davlat rahbarligi uchun saylovlarda kurash olib boradi.

Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jomart Toqayev, yozuvchi Sadibek Tugel va G‘arbiy Qozog‘iston kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovni bo‘lajak prezident saylovida ishtirok etadigan nomzodlar sifatida ro‘yxatga olgandi.

Daniya Yespayeva 58 yoshda bo‘lib, mutaxassisligi iqtisodchi, uzoq yillar bank tizimida ishlagan, 2016 yildan quyi palata deputati hisoblanadi.

20 mart kuni Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev o‘z vakolatlarini topshirgandi.

Kiritildi: 20:01 04.05.2019. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!