Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda ikki bolasi bilan cho‘kib ketgan imomning jasadi topildi

Qozog‘istonda ikki bolasi bilan cho‘kib ketgan imomning jasadi topildi

Sharqiy Qozog‘istonda o‘z bolasini qutqarmoqchi bo‘lib suvga cho‘kib ketgan imomning jasadi topildi, deb yozadi Tengrinews.

«Mahalliy fuqarolar qutqaruvchilar va polisiya xodimlari bilan hamkorlikda kecha (9 avgust kuni) 1982 yilda tug‘ilgan erkakni topdi. Fojia vaqtidan buyon imom va uning ikki o‘g‘lining jasadlari har kuni 50 ga yaqin mahalliy aholi vakillari tomonidan qidirilayotgan edi. Cho‘kib ketgan bolaning jasadi 1 avgust kuni topildi. Hozirda 1999 yilda tug‘ilgan o‘spirinning tanasini qidirish ishlari davom etmoqda», — deyiladi Sharqiy Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar departamenti xabarida.

Fojia 29 iyul kuni Boran qishlog‘ida Kara Yertis daryosida yuz bergan. Mahalliy imomning sakkiz yoshli o‘g‘li belgilanmagan joyda cho‘milgan. Kuchli oqim sababli bola nazoratni yo‘qotgan va oqa boshlagan. Unga yordam berish uchun 36 yoshli otasi o‘zini suvga otgan. U bilan birga, ukasini qutqarish uchun imomning 19 yoshli yana bir o‘g‘li suvga tushgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 12:12 10.08.2018. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!