Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda favqulodda vaziyat amal qilish muddati uzaytirildi

Qozog‘istonda favqulodda vaziyat amal qilish muddati uzaytirildi

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat rahbarining matbuot kotibi Berik Uali "Facebook" sahifasida yozdi.

Unda viloyatlar va respublika ahamiyatiga ega shaharlar hokimlari, shuningdek, davlat organlari va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari videokonferensiya orqali ishtirok etdilar. «15 aprelda favqulodda holat to‘g‘risidagi qarorim amal qilish muddati tugaydi. Favqulodda holat rejimi kamida aprel oyining oxirigacha uzaytirilishi kerakligi allaqachon aniq bo‘ldi. Bizda hali ham koronavirus epidemiyasi cho‘qqisiga chiqqani yo‘q. Epidemiya bilan bog‘liq vaziyatga yengil qarab bo‘lmaydi. Shuning uchun men poytaxt, Olmaota va Chimkentda va tegishli viloyatlarda karantin rejimi muddatini aprel oyining oxirigacha uzaytirishni buyuraman. Bu eng yaxshi qaror emasligini tushunaman. Chunki odamlar ko‘chaga chiqib, normal hayot kechirishni xohlashadi. Ammo karantin rejimini va izolyasiyani uzaytirishdan boshqa yo‘l yo‘q. Bu mahalliy va xalqaro virusologlarning tavsiyalari», - dedi Prezident.

Kiritildi: 20:00 10.04.2020. O'qildi: 2487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!