Bugun 7 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Qozog‘istonda erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi K.Nokin qishlog‘ida erkak tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 31 dekabr kuni, Yangi yil arafasida yuz bergan. Fuqaro elektr ta’minoti yo‘qligining sababini tekshirish uchun transformator punktiga borgan va tok urishidan vafot etgan. Qisqa tutashuv oqibatida transformator punkti yonib ketgan. Marhum 38 yoshda bo‘lgan.

Aqto‘be viloyati polisiya departamentiga ko‘ra, transformator punktida jasad topilgani bo‘yicha sudgacha tergov harakatlari boshlangan. Dastlabki o‘lim sababi — elektr toki urishi deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 06:30 03.01.2025. O'qildi: 695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!