Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda Chevrolet yana sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi

Avto / Xorij A A A
Qozog‘istonda Chevrolet yana sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida qozog‘istonliklar 97,7 ming dona yengil va tijorat avtomobillarini xarid qildi, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga ko‘pdir, deya xabar bermoqda Qozog‘iston avtobiznes uyushmasi matbuot xizmati.

Savdolarning asosiy qismi Chevrolet'ga to‘g‘ri keldi — 27,6 ming (+10,7%), Hyundai ikkinchi o‘rinda — 22,4 ming (+15,4%), Kia kuchli uchlikni yopdi — 11,1 ming (+41,8%) O‘tgan oyda 9,8 mingta yangi avtomobil va 865 ta tijorat avtomobillari (+4,9%) sotilgan. Qozog‘iston avtobiznes uyushmasining qayd etishicha, oktyabr oyida qatorasiga sakkizinchi oyda Chevrolet yetakchilik qilmoqda — 3,1 ming (+22,2%),

Hyundai — 2 ming (+22,1%) va Kia — 1,4 ming (+63,5%). Bundan tashqari, o‘tgan oy Chevrolet Cobalt qozog‘istonliklar tomonidan sotib olingan eng mashhur avtomobil modeli bo‘ldi – 2,1 ming, Hyundai Tucson – 976 va Chevrolet Nexia – 729 ta.

Kiritildi: 22:43 15.11.2022. O'qildi: 5393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!