Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda benzin ko‘payib ketdi. Uni O‘zbekistonga eksport qila boshlashadi

Avto / Xorij A A A
Qozog‘istonda benzin ko‘payib ketdi. Uni O‘zbekistonga eksport qila boshlashadi

Qozog‘iston rahbariyati ortiqcha benzinni qo‘shni mamlakatlarga yubormoqchi, deb yozadi Spot «Delovoy Kazaxstan» nashriga tayanib.

Bugungi kunda mamlakatda ortiqcha benzin hajmi 350 ming tonnaga teng. Bunday holat hatto hali Chimkent neftni qayta ishlash zavodi to‘liq quvvatda ishga tushmagan bir paytda kuzatilmoqda.

«Oktyabr noyabrda yoqilg‘i-moylash materiallarini eksport qilishni boshlash o‘ta muhim, aks holda zavodlardagi maxsus qurilmalarni to‘xtatib qo‘yishga to‘g‘ri keladi, bu esa Qozog‘istonga hozirgacha hech qachon bo‘lmagan. Bugungi kunda hatto ikkita modernizasiya qilingan zavod bizga benzin profisitini hosil qildi… Agar bu 500 ming tonna bo‘lsa, mamlakat yoqilg‘i bilan to‘lib ketadi», — dedi Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, benzinning mo‘lligi Qozog‘iston avtomobilga yoqilg‘i quyish stansiyalarida narxlar o‘rtacha 10 tengega tushib ketishiga olib keldi. Ayni paytda mansabdorlar yoqilg‘i-moylash materiallarini Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga sotish haqida bitimlar imzolamoqda.

Kiritildi: 14:41 13.09.2018. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!