Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘istonda 8-qavatda osilib qolgan 3 yashar qizaloq qutqarildi

Qozog‘istonda 8-qavatda osilib qolgan 3 yashar qizaloq qutqarildi

Hodisa Qozog‘iston poytaxtidagi “Kamol 2” turar-joy majmuasida sodir bo‘ldi. 8-qavatdagi balkon panjasida osilib qolgan 3 yoshli qizaloqni pastdagi qavatda yashovchi qo‘shnisi qutqarib qoldi.

FVV departamenti qahramonning ismini e’lon qildi - bu 37 yoshli Sobit Shontakboyev. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, bolani qutqarib qoldi.

SputnikKZ muxbirlari 37 yoshli qahramon Sobit Shontakboyev bilan bog‘lanishdi.

Qizaloqni qutqargan erkak o‘zi ko‘p bolali ota, u ikki hafta oldin Qozog‘iston poytaxtiga ish izlab kelgan ekan. Oilasi esa Qizilo‘rdada qoldi.

Ertalab soat 10 da ishga chiqqan vaqtda hovlida odamlar baqirayotganini eshitib qoladi. 8- qavatda osilgan bolani ko‘rib, yordamga shoshiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qizcha taxminan 10-15 daqiqa osilib turdi.

Bugun mukofotlash uchun uni FVV departamentiga taklif qilishdi.

Kiritildi: 21:36 11.05.2022. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!