Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda 12 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy ishlagani uchun hibsga olindi

Qozog‘istonda 12 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy ishlagani uchun hibsga olindi

Atirau viloyati polisiya boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, migrasiya xizmati va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining mahalliy boshqarmasi xodimlari birgalikda o‘tkazgan reyd davomida xorijliklar topilgan.

“Tekshiruv Atirau shahri hududida joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlarida o‘tkazildi. Tekshiruv davomida 50 nafar xorijiy davlat fuqarolari maxsus ruxsatnomasiz ham noqonuniy mehnat qilayotgani aniqlandi. Ularning 38 nafari Tojikiston Respublikasi va 12 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari”, – deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida.

To‘plangan ish hujjatlari sudga yuborildi.

Kiritildi: 15:56 24.04.2024. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!