Qozog‘iston, O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari Pokiston dengiz portlariga chiqadigan Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston (CASA) yangi temir yo‘l yo‘nalishi loyihasini birgalikda ishlab chiqish niyatida.
Qozog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Energetika va infratuzilma vazirligi CASA temir yo‘l loyihasi doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha tegishli o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladi.
CASA loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyoning transport bog‘liqligini ta’minlashi hamda xalqaro tashuvlar, savdo, logistika va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi lozim bo‘lgan yangi temir yo‘l yo‘nalishini shakllantirishni nazarda tutadi.