Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev

Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev

Prezident iqtisodiy turg‘unlikning oldini olish uchun sun’iy intellekt va platforma yechimlarini rivojlantirish zarurligini qayd etdi. Qozog‘iston “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelmoqda — To‘qayev Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston iqtisodiyoti rivojlanishida muhim tizimli muammolar mavjudligini qayd etdi. Davlat rahbari ayrim iqtisodchilar fikriga qo‘shilgan holda mamlakat “o‘rta daromadlilar tuzog‘i”ga duch kelayotganini ta’kidladi. Bu haqda Akorda ma’lum qildi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning an’anaviy omillari — tabiiy resurslar va arzon ishchi kuchi samaradorligi pasayib bormoqda. Shu bilan birga, yangi rivojlanish drayverlari hali to‘liq shakllanmagan va yetarlicha ishga tushirilmagan. U global tendensiyalar fonida rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi tafovut ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivoji kapital va innovasiyalarni yetakchi davlatlar qo‘lida jamlanishiga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan davlat rahbari iqtisodiy turg‘unlikning oldini olish uchun raqamli iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish zarurligini qayd etdi. Bu borada keng ko‘lamli platforma yechimlarini ishlab chiqish, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan samarali foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Prezident, shuningdek, yagona davlat ma’lumotlar tizimini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, davlat xizmatlarini tezkor va samarali ishlaydigan tizimga aylantirish zarurligini qayd etdi.

Kiritildi: 22:21 04.05.2026. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!